French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda qarzdorligi tufayli 396 kishi va 75 ta transport vositasiga qidiruv e’lon qilingan
17:26 / 2022-07-14

Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi katta inspektori Ilhom Mallayev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, boshqarma qidiruv sho‘’basi tomonidan joriy yilning birinchi choragida jami 396 nafar qidiruvdagi shaxslarga nisbatan qidiruv tadbirlari olib borilib, 297 nafari topilgan. 

Qolgan 99 nafar qidiruvdagi shaxslarning 41 nafari chet elda, 58 nafari esa mahalliy darajada qidirilmoqda. 

Shu kabi yilning olti oyida jami 75 ta avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv tadbirlari olib borilib, 50 tasi topilgan bo‘lsa, yana 25 tasi bo‘yicha qidiruv tadbirlari davom etmoqda.  

G‘.Hasanov, O‘zA