Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda profilaktika inspektori 15 kilodan ortiq giyohvandlik moddasini aniqladi
09:45 / 2021-07-07

Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarning xonadonlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazish davomida tumanning Pochvon mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zini shubhali tutganligi sababli, uning yoni tekshirilganida cho‘ntagida 4 dona gugurt qutida marixuana giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv davomida u ushbu giyohvand moddalarni tanishi B.A.dan olganligini aytgan. Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, B.A.ning hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tomorqasida 76 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. 

Shuningdek, ushbu shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, javonida 15 kilo marixuanna (sof og‘irligi 11 kg. dan ortiq) giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA