Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda ovoz berish boshlandi
06:30 / 2016-12-04

Samarqand shahridagi 110-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qonunda belgilangan vaqtda aholining faol ishtirokida boshlandi.

Samarqand shahridagi 110-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qonunda belgilangan vaqtda aholining faol ishtirokida boshlandi.

Uchastka saylov komissiyasi raisi Nargiza Qobilova siyosiy partiyalar kuzatuvchilari ko‘z oldida ko‘chma va statsionar saylov qutisini muhrlab, komissiya a’zolariga saylov byulletenlari va saylovchilar ro‘yxatini taqsimlab berdi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Uchastkada ovoz berish jarayoni boshlangani e’lon qilindi.

Zulfiya, Ilhom va Istiqlol mahallalari faollari, ziyolilar, nuroniylar va yoshlar dastlabki ovoz beruvchilar bo‘ldi.

– Saylovga taklifnomani olganimdayoq saylov kuni uchastkaga tong sahar kelib ovoz berishga ahd qilgandim, – deydi Ilhom mahallasida yashovchi Shahlo Mamayusupova. – Uchastkada men kabi birinchilardan bo‘lib ovoz berishni istaganlar ko‘pchilik ekan. Barcha saylovchilar hayajon va quvonch bilan o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz bermoqda. Ular qatorida men ham Vatanimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashga qodir eng munosib nomzod uchun ovoz berdim.

Mazkur saylov uchastkasida 2 ming 887 saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 57 nafari saylovda birinchi marta qatnashayotgan yoshlardir. 46 nafar fuqaro salomatligi yaxshi emasligi va boshqa sabablar tufayli o‘z uyida ovoz berishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun uchastka saylov komissiyasi tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Viloyatdagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.