Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda o‘tgan yilning o‘zida qonun buzilish holatlari 3,5 mingtaga ortgan
12:00 / 2022-01-20

Shuni unutmaslik kerakki, fuqarolarning har bir javobi kechikkan, ko‘rib chiqilmagan, asossiz rad qilingan murojaatlari ortida ko‘plab insonlarning taqdiri, yechimini kutayotgan muammosi ko‘ndalang turgan bo‘lishi mumkin.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda muntazam ravishda ogohlantirish, javobgarlikka tortish kabi choralar ko‘rilishiga qaramay, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli organ hisoblangan tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qonun talablari buzilib kelinmoqda.  

Xususan, 2021 yilda o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida viloyatdagi vakolatli organlar tomonidan 10 981 ta qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Afsuski, davlat idoralari berilgan vakolat va ishonchni su’istemol qilgan holda davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini buzish, ortiqcha hujjat talab qilish, murojaatlarni asossiz rad etish singari boshqa qonun buzilishlariga qo‘l urib kelmoqda. Bu davlat idoralarining viloyatdagi bo‘limlari mas’ullari hukumatimiz belgilab bergan qonun-qoidalarga panja orqasidan qarayotganligini bildiradi.  

Qonun buzilish holatlarini sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, o‘tgan yili eng ko‘p bunday holatlar sog‘liqni saqlash sohasida sodir qilinganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, tizimdagi muassasalar yil mobaynida 2 420 ta murojaat ijrosini belgilangan reglament asosida bajarmagan. Misol uchun, tug‘ilish va perenatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarni elektron tizimga kiritishda (Samarqand shahridagi tug‘ruq majmualari), fuqarolarga ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratishda xulosa berishd, fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish xizmatini ko‘rsatishda shunday xatoga qo‘l urishgan.   



Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari ham mazkur ro‘yxatning yuqorisida turadi. 2021 yil davomida mazkur soha xodimlari tomonidan 1 871 ta qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, kadastr pasportini shakllantirish, qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ob’ektni foydalanishga qabul qilish, ko‘chmas mulk ob’ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish  hamda ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish xizmatini ko‘rsatish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish shular jumlasidandir.  

“Samarqand suv ta’minoti” MCHJ va uning tuman (shahar) filiallari, qurilish va arxitektura idoralari, davlat soliq idoralari,   “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK,  Ichki ishlar bo‘limlari, tuman (shahar) hokimliklari, moliya idoralari,  “O‘ztelekom” AKning viloyat filiali, Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasi hamda shu kabi boshqa sohalarda 1 044 ta qonunbuzilish holatlari sodir etilgan.  

Aniqlangan holatlar bo‘yicha vakolatli idoralar rahbarlari nomiga taqdimnoma va ogohnomalar kiritilib, aybdor shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortildi. Qonunlarga bunday bepisandlik esa bugungi islohotlarning oyog‘iga bolta urish bilan teng, desak mublag‘a emas.

Eng taajjublanarlisi, mazkur tashkilotlar orasida xalqning tayanchi sanalgan, odamlar o‘z muammosiga yechim izlab boradigan huquqtartibot idoralari, hokimliklarning borligini oqlab bo‘lmaydi nazarimizda.  

O‘zA