Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda o‘tgan yil 509 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan
16:50 / 2023-01-25

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmalarining 2022 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qayd etilishicha, o‘tgan yil agentlik viloyat boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlariga 2300 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Bu murojaatlarning 2249 tasi ko‘rib chiqilib, 1061 tasi hal etilgan bo‘lsa, 1184 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan.  

– Davlatimiz rahbarining 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma hamda uning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan 2022 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 1753 holatda jami 509 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi va yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shakarboy Butayev. – Jumladan, 1195 ta holatda 282 gektar yer maydoni uy-joy qurish maqsadida egallab olingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilishi natijasida 518 holatda 255 gektar yer ixtiyoriy ravishda qaytarildi.  

Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy qaytarilmagan 251 gektar yerdagi noqonuniy qurilmani buzdirish va yer maydonini asl holatiga keltirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud idoralariga da’vo arizalari hamda 35 gektar maydondagi qonun buzilish holatlari to‘g‘risida prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, inspektorlarimiz tomonidan kadastr sohasida viloyat bo‘yicha 2902 ta qonun buzilish holati aniqlangan.  

Mazkur holatlarning 1974 tasi Kadastr agentligi organlari tomonidan ko‘rib chiqildi. 165 ta ma’muriy ish chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborildi, 214 ta yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 12 milliard 646 million so‘m jarima qo‘llanildi.  

G‘.HASANOV, O‘zA