French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda o‘tadigan jahon chempionati asriy orzularning yorqin tantanasidir (+video)
10:03 / 2023-12-25

Bugun Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlanadi.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashadigan bu galgi jahon chempionatining yurtimizda o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori nafaqat jahon sportida, balki intellektual olamda ham yildan yilga yuksalib borayotganini ko‘rsatib berayotgani bilan ahamiyatlidir. Bu barchamizni quvontiradi, g‘urur bag‘ishlaydi.  

Xo‘sh, mamlakatimizda joriy yilning 25-30 dekabr kunlari ilk bor tashkil etilayotgan ushbu jahon chempionatining tarixiy ahamiyati nimada? Bunday yirik musobaqalar yurtimiz yosh shaxmatchilari hayotida qanday aks-sado beradi? Umuman shaxmatning tarixiy ildizlarida mamlakatimizning o‘rni qanday? Bu xususdagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda, xususan Beruniy, Navoiy, Bobur kabi allomalarimiz asarlarida qanday aks etgan?    

Adabiyotshunos, shoir, tajribali munaqqid, ustoz jurnalist, shaxmat va sport mavzusida bir qator kitob va maqolalar muallifi Asror Mo‘min bilan ana shular haqida suhbat qurdik.    

Suhbat davomida shaxmatning Vatani Hindistonmi yoki tarixiy manbalardagi dalillar, Markaziy Osiyo hududida topilgan shaxmat donalari, Navoiy ijodida shaxmat mavzusi, ulug‘ mutafakkirning shaxmat o‘ynaganligi xususidagi qiziq ma’lumotlar tilga olindi. Samarqandda o‘tadigan jahon chempionati shaxmatning dunyodagi nufuziga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi, musobaqalarda aynan kimlar g‘oliblikka asosiy da’vogarlik qilishi borasida fikrlar bildirildi.  

Shaxmat targ‘ibotida jurnalistlarning, yozuvchi va munaqqidlarning, umuman ijod ahlining hissasi katta ekanligi e’tirof etilib, Yolqin To‘raqulov, Erkin Vohidov, Rasul Hamzatovning shaxmatga qiziqqani aytildi.    

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/nzMxgHGTlSU" title="Samarqandda oʻtadigan jahon chempionati asriy orzularning yorqin tantanasidir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, ulug‘ sarkarda bobomiz Amir Temur o‘z davrida Samarqandda shatranj, ya’ni shaxmat bo‘yicha yirik musobaqa o‘tkazgani, unda dunyoning turli burchaklaridan tafakkur sohiblari qatnashgani faktlar asosida aytib o‘tildi. Suhbatimizda Amir Temur boshlagan ishlar olti asr o‘tib yana jonlanayotgani, yangi rivojlanish oqimiga tushayotgani asriy orzular ushalayotgan, Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans g‘oyasi hayotiy zarurat asosi bo‘layotgani e’tirof etildi.  

Suhbatni batafsil O‘zAning yutub kanali orqali ko‘rishingiz mumkin.  

To‘lqin Ro‘ziyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA