Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Osiyo chempionati o‘tkaziladi
11:06 / 2022-09-20

Mamlakatimiz yildan yilga sport turlari bo‘yicha rasmiy chempionatlar o‘tkaziladigan maskanga aylanib bormoqda.

Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari Samarqand shahrida suzish bo‘yicha X-Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqada qit’aning ko‘plab nomdor sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ayni paytga kelib tashkilotchilar tomonidan tayyorgarlik ishlarining so‘nggi bosqichi olib borilmoqda. Jumladan, Osiyo chempionatining sovrindorlariga taqdim etiladigan esdalik sovg‘alari, diplom va medallar shular jumlasidan.

Kuni kecha tarixiy qit’a chempionati g‘olib va sovrindorlariga beriladigan medallarning ko‘rinishi tashkilotchilar tomonidan namoyish etildi.

Medalning old tomonida Osiyo chempionatining ramzi o‘rin olgan. Medalning orqa tomonida esa dunyoga mashhur Registon maydoni, Osiyo suzish federatsiyasi nomlanishining qisqartmasi hamda qit’a chempionati o‘tkaziladigan sana ko‘rinishi o‘rin olgan.

 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA