Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “opiy” giyohvandlik moddasi tarqalishining oldi olindi
15:22 / 2022-03-11

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa xuquqni ximoya qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda 2 kilogramga yaqin giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi.

Xususan, 10 mart kuni o‘tkazilgan tadbir davomida Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. Samarqand viloyati Toyloq tumani Sochak qishlog‘i hududida Samarqand tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan J.F.T.ga 1,883 kilo “opiy” giyohvandlik moddasini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shuningdek, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, Urgut tumanida yashovchi fuqarolar – O.M., J.U. 78,1 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini saqlab kelganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.  

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA.