Samarqandda ommaviy sayyor qabullar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari 10-13 noyabr kunlari Samarqand viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazishi belgilangan.
Ayni paytda Samarqand tumanida mazkur tuman hamda Samarqand shahri va Nurobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, vazirlik va idoralar rahbarlari, Samarqand viloyati hokimi va sektor boshliqlari ishtirok etmoqda.




