French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zosi qo‘lga olindi
20:01 / 2022-03-16

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zosi ushlandi.

Viloyatning Toyloq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro F.N. Samarqand xalqaro aeroporti orqali mahalliy fuqaroni Turkiya davlatiga noqonuniy mehnat migranti sifatida sotib yuborayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Hozirda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Qo‘lga olingan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

O‘zA