Samarqandda OAV vakillari uchun to‘rtta mehmonxona band qilingan
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining sammiti va shunga oid tadbirlarni yoritish uchun ayni paytda Samarqand shahrida 350 nafar OAV vakillari, ya’ni 200 nafar xorijiy va 150 mahalliy OAV vakillari, shuningdek 175 nafar texnik xodim uchun 4 ta mehmonxona band qilingan hamda 5 ta mehmonxona zahiraga olingan.
TDT sammitiga tayyorgarlik doirasida jami 8 ta diqqatga sazovor ob’ekt, jumladan “Hazrati Xizr” majmuasi, Registon va Amir Temur majmualari, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasi, Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik muzeyi, Shoxi-Zinda majmuasi, “Konigil” turizm qishlog‘i mehmonlar tashrifi uchun tayyorlandi.
Bu haqda Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari sammiti oldidan tashkil etilgan brifingda aytib o‘tdi.
O‘zA