Samarqandda oʻzlarini IIB xodimlarimiz, deya tanishtirib, tovlamachilik qilgan 3 nafar shaxs qoʻlga olindi
2020-yil 23-avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Kechkeldik MFY da yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan F. ariza bilan murojaat qilgan.
2020-yil 23-avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Kechkeldik MFY da yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan F. ariza bilan murojaat qilgan.
Arizaga koʻra, fuqaro 2020-yil 19-avgust kuni soat 23:00 da Nurobod tumani hokimligi binosi oldidagi koʻchada piyoda ketayotgan vaqtida “VAZ-2106” rusumli avtomashinada 3 kishi kelib, oʻzlarini ichki ishlar boʻlimidan ekanliklarini aytib, ulardan biri unga qizil rangli guvohnoma koʻrsatib, ular bilan IIBga borishini talab qilgan. Avtomashinaga oʻtirganidan soʻng undan tungi vaqtda nima maqsadda koʻchada yurganligini soʻrab, maʼmuriy bayonnoma tuzib, eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortishlarini aytganligini, jabrlanuvchi uni qoʻyib yuborishlarini soʻragan vaqtida undan pul talab qilganliklarini, “Mayli qancha pul kerak boʻlsa yonimda borini beraman” deb aytgan vaqtida, ulardan biri qoʻl telefoniga uning gaplarini yozib olib, “Sen bizga pora bermoqchimisan? Mana endi ushbu gaping uchun ham oʻzingni “pora berish” jinoyati bilan jinoiy javobgarlikka tortamiz” deb, qoʻrqitib, Nurobod tumani IIB binosiga yaqin joygacha avtomashinada olib borib, javobgarlikka tortmaslik evaziga tovlamachilik yoʻli bilan jabrlanuvchining yonida boʻlgan 462.000 soʻm pullarini olganliklarini maʼlum qilgan. Jabrlanuvchi oʻz arizasid unga tahdid qilgan ushbu 3 nafar nomaʼlum shaxslarni topib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu tovlamachilik jinoyatini Nurobod tumani Sh.Yulduzi mahallasida yashovchi 1997-y.t. D., 1997-y.t. T. va Nurobod tumani A.Temur mahallasida yashovchi 2002-y.t. Sh. lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan qizil rangli, tashqi qismida gerbli tamgʻasi boʻlgan guvohnoma, “Nonor” rusumli uyali telefoni apparati va 240.000 soʻm pullar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.