English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi
19:20 / 2020-02-16

Samarqand viloyatida joriy yilning 13-16-fevral kunlari sportning sambo, jangovar sambo, karate turlari boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi.


Samarqand viloyatida joriy yilning 13-16-fevral kunlari sportning sambo, jangovar sambo, karate turlari boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqalarda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, musobaqa yakuniga koʻra sambo hamda jangovar sambo boʻyicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi katta serjant Bekzod Axmedov 100+kg vaznda faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, safdor Furqat Roʻziyev 82 kg vaznda Respublikada tengsiz deb topildi.

Sportning Karate-Do turi boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda kichik serjant Fariz Raufovga teng raqib topilmadi, u faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Umumiy hisobda mazkur musobaqada viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan 5 nafar xodim ishtirok etib, bitta 2-oʻrin, ikkita 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Eslatib oʻtamiz mazkur musobaqada barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa sport klublari sportchilari ishtirok etishdi.