Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi
12:09 / 2026-01-03

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida yangi tug‘ilgan ikki chaqaloqda noyob jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

– Spina bifida - homila umurtqa pog‘onasining yemirilishi natijasida tug‘ma nuqsonlarning yuzaga kelishi bilan belgilanadigan tug‘ma xastalik, – deydi filial rahbari Lola Hamroyeva. – Bu nuqsonni chaqaloq tug‘ilgan ilk kunlarda jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Shu paytgacha mamlakatimizda bunday jarrohlik amalga oshirilmagan edi va biz bu ishni turkiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli bajardik. 

Filialda turkiyalik vrachlar bilan hamkorlikda turli yo‘nalishlarda aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar ham o‘tkazildi.
Yangi yil bayrami arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan yangi binosi foydalanishga topshirilgan edi. 

G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri