French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “Mobiuz” kompaniyasining yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazi ochildi
14:55 / 2022-10-24

Xabaringiz bor, “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi hududida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – “ICTWEEK 2022" bo‘lib o‘tmoqda. “Mobiuz” mobil operatori anjuman doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi rasmiy homiysi hisoblanadi.

AKT haftaligi munosabati bilan kompaniya Samarqand shahrida yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazini ishga tushirdi. Majmuaning tanatanali ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda mobil aloqa operatori rahbariyati ishtirok etdi.

bugungi kunda “Mobiuz” mamlakat bo‘ylab o‘n beshta xizmat ko‘rsatish markazi, ko‘plab mini-ofislariga ega. Kompaniya mijozlarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini to‘liq modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu g‘oya zamonaviy interer dizayni va yanada sifatli xizmat ko‘rsatish standarti joriy etilishini nazarda tutadi. Zero, ofis abonent bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabat o‘rnatiladigan joy hisoblanadi.

Shu ma’noda yangilangan “Samarqand xizmat ko‘rsatish markazi” kompaniyaning haqiqiy peshqadam idorasiga aylandi. Bir yil davomida amalga oshirilgan rekonstruksiya va ta’mirdan so‘ng ish joylarini tashkil etish va abonentlarga xizmat ko‘rsatish konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqildi. Zamonaviy dizayn, maksimal qulaylik, axborot stendlari, elektron xizmat, malakali xodimlar – bularning bari ofisga keluvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Tadbir yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xizmat ko‘rsatish markazi hududi bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘zA