English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi
12:05 / 2025-10-20

Hozirgi vaqtda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy va harbiy jarayonlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy garoviga aylanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar chog‘ida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, – deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.  

Uchrashuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davlatlar o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yangi qadamlar qo‘yilishiga zamin yaratdi.  

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasida ishonchli va barqaror hamkorlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvlarga erishdilar.  

Aytish mumkinki, bunday amaliy tashabbuslar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tinchlik, birdamlik g‘oyalarining hayotiy ifodasidir. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi bunday do‘stona muloqot va hamjihatlik nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaydi, balki umumiy tinchlik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.  

O‘zA