Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda ma’muriy va yordamchi binolarga 600 ta kichik quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi
11:27 / 2022-08-02

Bu haqda bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma’lum qildi. Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganini ta’kidlangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan tashkilotlarning ma’muriy (yordamchi) binolariga kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish reja-taqsimoti ishlab chiqildi.  

Taqsimotga ko‘ra, birinchi navbatda viloyatdagi korxona, tashkilotlarning ma’muriy va yordamchi binolariga 600 ta kichik quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi. Bu stansiyalarning 360 tasi quyosh panellari bo‘lsa, 240 tasi quyosh suv isitish qurilmalaridir.  

– Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish choralarini ko‘rishga barcha rahbarlar mas’ul, – dedi E.Turdimov. – Shuning uchun mas’ullar elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishi lozim.  
 

G‘.HASANOV, O‘zA