Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda madaniy meros konservatsiya markazi tashkil etiladi
13:15 / 2022-08-05

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi hamda Koreya Respublikasidagi Koreya madaniy meros fondi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekistondagi muzeylar salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan mazkur loyiha ancha oldin boshlangan. Ya’ni, birinchi bosqichda 2020-2021 yillar davomida Samarqand muzey qo‘riqxonasida laboratoriya tashkil etilib, qadimiy ashyolarni o‘rganish, ularni saqlash va asrab-avaylashga zamon talablaridan kelib chiqib e’tibor qaratildi. Memorandumga ko‘ra, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda Samarqandning madaniy turizm resurslarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish hamda Samarqand arxeologiya institutida madaniy meros konservatsiya markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

– Loyihaning qiymati 3 million 800 ming AQSH dollari bo‘lib bu borada Koreya madaniy meros fondi va Madaniy meros agentligi bilan kelishuvga erishildi, – deydi Samarqand arxeologiya instituti direktori Mo‘minxon Saidov. – Ushbu mablag‘ hisobidan madaniy meros konservatsiya markazi tashkil etilishi bilan birga arxeologik ob’ektlarda qazish ishlarini olib borish, madaniy meros ob’ektlarni 3D o‘lchamlarini olish, Samarqand madaniy merosi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, fond tomonidan 25 nafar mahalliy mutaxassis yurtimizda o‘qitiladi, ikki nafari Koreyaga ish o‘rganish va malaka oshirishga yuboriladi. 

 

G‘.HASANOV, O‘zA