Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “Kabob festivali” o‘tkaziladi
06:30 / 2022-03-03

Bu yil yurtimizda Navro‘z bayramini umumxalq sayli sifatida keng nishonlashga hozirlik ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyati shahar va tumanlarida ham ayni paytda bayram taraddudi boshlandi.
Viloyatning asosiy bayram tantanalari Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va uning atrofidagi Alisher Navoiy, Kamol Ota Turk ko‘chalarida o‘tkazilishi, “Mo‘’jiza” amfiteatrida konsert dasturi namoyish etilishi rejalashtirilgan. 
Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning aytishicha, bayram sayllariga mahalliy va xorijiy sayyohlar ham taklif etiladi. Bayram munosabati bilan besh kunlik dam olish kunlarida viloyat aholisi va mehmonlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator madaniy tadbirlar, milliy xalq o‘yinlari uyushtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 18 mart kuni Samarqand shahrida “Kabob festivali”, 19 mart kuni esa Jomboy tumanida yirik uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkaziladi. Hozirdanoq bir qator mahalliy va xorijiy turistik firmalardan mazkur tadbirlarda sayyohlar ishtirok etishi haqida ma’lumot qilingan.
Samarqand shahridagi Registon majmuasida tungi musiqali shou dasturi namoyish etiladi.
 

G‘.HASANOV, O‘zA