Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘ini boshlandi
18:18 / 2023-09-20

Samarqanddagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida viloyat, shahar va tumanlaridan kelgan 100 nafar yosh uchun "Jasorat maktabi" o‘quv yig‘inining uchinchi mavsumi boshlandi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga o‘qitish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Markaziy harbiy okrug va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan yig‘in ishtirokchilari o‘n kun davomida harbiycha hayot kechiradi. Ular uchun motivatsion treninglar va psixologik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

– Mazkur loyihada ishtirok etayotgan yoshlar harbiy liboslarda o‘zlarini Vatan himoyachisidek his qilib, armiya hayoti bilan yaqindan tanishadi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi G‘ofur Bobobekov. – Yig‘inning dastlabki kunida ishtirokchilar o‘z qiziqishlariga qarab "Yosh tadbirkorlar", "Yosh IT dasturchilar" "Yosh haydovchilar" hamda "Yosh payvandchilar" guruhlariga bo‘lindi. Harbiy-o‘quv yig‘ini davomida ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha saboq oladi. Shuningdek, sport musobaqalari, “Senator va yoshlar”, “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkaziladi. Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylar hamda tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtiriladi.

Tadbirda teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, harbiy orkestr va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),  

O‘zA muxbirlari.