Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda ilk marta buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi
18:25 / 2021-06-10

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari samarqandlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari samarqandlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.  

Bu  haqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.

Bunga qadar buyrak transplantatsiyasi oparetsiyasi yurtimizda faqatgina Toshkent shahrida Respublika shoishilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilar edi.  

Qariyb uch soat davom etgan, Samarqanddagi ilk buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bulung‘urlik 31 yoshli O.Xo‘jaqulov ancha yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rib kelar edi. Bugun unga ukasi M.Xo‘jaqulov bir buyragini berdi. Eng muhimi, har ikkovining ham ahvoli yaxshi va ular tibbiy standartlar asosida shifokorlar nazoratida.  

Operatsiya stoliga yotqiziladigan yana bir bemor 19 yoshli Shoxsanam Shonazarovadir. U bir necha yildan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan kurashib keladi. Xatto, ahvoli og‘irlashib borganligi bois 2010 yilda unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, chap buyragi olib tashlangan. Salkam bir yildan buyon Shoxsanam muntazam ravishda gemodializ muolajasini olishga majbur bo‘lgan. Hozirda Shohsanamning onasi Sh.Salomova barcha tekshiruvlardan o‘tkazilib, tahlilar natijasida uning sog‘lom ekanligi qayd etilgani bois qiziga donorlik qilayapti.

Keyingi bemor Sherzod Boliyev. Hozirda Sherzod ham jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ishtixonning “Oxunboboyev” QFYda yashovchi 19 yoshli bemor yarim yildan buyon gemodializ apparatiga “bog‘lanib” yashayotgan edi.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng farzandi Sherzodbekning o‘zi tanlagan sohasida yutuqlarga erishib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishini istaydi.