Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda ilk bor 25 qavatli uylar qurilmoqda
12:34 / 2021-12-16

Ertaga xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi E.Turdimov joriy yil yakunlari va 2022 yil rejalari yuzasidan aholiga murojaat qilishi rejalashtirilgan.

Sessiya oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun bugun viloyat bo‘ylab press-tur tashkil etildi.


Jurnalist va blogerlar dastlab Samarqand shahrining Qorasuv massivida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi bilan tanishdi.
bugungi kunda Samarqand shahrida 551 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shunga ko‘ra, aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Qorasuv massivida 10 ta 16 qavatli 928 xonadonli turarjoy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. 2022 yilning birinchi choragida esa 3 ta 16 qavatli va 2 ta 25 qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, uy-joyga muhtoj fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Qorasuv massivida subsidiya tartibida beriladigan ko‘p xonadonli turarjoy binolari qurilmoqda. 

Samarqand loyihalash instituti direktori S.Toshev ushbu massiv va shaharning Shirin mahallasi hamda temiryo‘l orti hududida quriladigan ko‘p qavatli uylar loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, press-tur qatnashchilari massivdagi yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan tanishdi.

 

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA