Samarqandda Haykaltaroshlar simpoziumi o‘tkazilmoqda (+video)
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 20-sessiyasi doirasida “Samarqand – 2025” IV xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkazilmoqda.
To‘rt yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur tadbir aholining ekologik ong va madaniyatini yuksaltirish, xorijlik ijodkorlar bilan ekologiya va atrof-muhit sohasida samarali ijodiy hamkorlik, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, tabiatga bag‘ishlangan badiiy asarlar orqali shaharlarning madaniy muhiti va landshaft qiyofasini rivojlantirishga qaratilgan.
Bu yil “Bizning sayyoramiz – bizning uyimiz!” shiori ostida tashkil etilgan simpoziumda O‘mon, Eron, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Yaponiya kabi mamlakatlar va o‘zbekistondan 20 nafarga yaqin mashhur haykaltaroshlar marmartoshdan tabiat va san’atga bag‘ishlangan ijodiy ishlarini yaratmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ny-1MikdQhA" title="Samarqandda Haykaltaroshlar simpoziumi o’tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Iskandar ISMETOV, O‘zA