FOTOREPORTAJ
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Payariq va Oqdaryo tumanlarida «Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni!» shiori ostida tashkil etilgan festivallarda yoshlar faol ishtirok etdi. Tadbirlarda yoshlar dastlab 5000 metrga yurish bahsida qatnashib, festival doirasida tashkil etilgan harbiy texnika, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Harbiylarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarni harbiylikka bo‘lgan qiziqishini ortishini ta’minlab, harbiy orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, harbiylar va yoshlar o‘rtasida turli sport turlari, milliy o‘yinlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
[gallery-10086]
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA