English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda FIDE tomonidan hakamlar seminari tashkil etildi
17:42 / 2025-09-18

Samarqandda Xalqaro shaxmat federatsiyasi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida malakali hakamlarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

2026 yili Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga samarali tayyorgarlik ko‘rish, musobaqalarni boshqarib borish va nazorat qilishda mahalliy shaxmat hakamlari ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bir haftalik seminar mashg‘ulotlarini FIDEning tajribali mutaxassislari olib bordi.

Mamlakatimizda xalqaro tajribaga, bilimga ega hakamlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan seminar yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 30 nafardan ortiq tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA