Samarqand shahrida joriy yilning 3 sentyabridan boshlangan “FIDE Grand Swiss” musobaqasining so‘nggi turi o‘tkazilmoqda.
Turnirda 39 mamlakatdan jami 172 nafar dunyoning eng kuchli va taniqli shaxmatchilari qatnashdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming (625 000 erkaklar, 230 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etgan mazkur musobaqada yurtimizning 9 nafar erkak, 5 nafar ayol shaxmatchilari ham dona surdi. O‘n bir turdan iborat musobaqaning bugungi so‘nggi turi yakunlangach g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
[gallery-25314]
- Samarqand xalqaro tadbirlar bilan birga yirik sport musobaqalari markaziga ham aylanmoqda, - deydi Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Nurmonov, - Bugun yana bir yirik xalqaro musobaqa yakunlanmoqda. “FIDE Grand Swiss” xalqaro musobaqasi ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Mutaxassislar ta’kidlashganidek, bu musobaqa shahrimiz mezbonligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. O‘ylaymanki, bu musobaqani o‘tkazishdagi tajriba shaxmat olimpiadasiga yuksak darajada tayyorgarlik ishlarini amalga oshirimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bPCPuHCtLag" title="Samarqandda “FIDE Grand Swiss” xalqaro musobaqasining so‘nggi turi o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Alisher ISROILOV olgan (surat, video), O‘zA .