Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda elektron tijorat va IT sohasidagi ilk ko‘rgazma boshlandi
19:03 / 2023-04-26

Jomboy tumanida joylashgan “SOF EXPO Samarkand” ko‘rgazmalar markazida ilk marotaba elektron tijorat va chakana savdo sohasi mutaxassislari uchun “ECOM & Retail EXPO Samarkand” xalqaro ko‘rgazma-forumi ish boshladi.

Forumda Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan 20 dan ortiq korxona, 30 dan ziyod mahalliy va xalqaro kompaniya rahbarlari va ma’ruzachilar IT sohasidagi so‘nggi ishlanmalar, dasturlar va xizmatlarni taqdim etmoqda.  

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mazkur tadbir elektron tijorat va chakana savdo sohasidagi eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi va bu texnologiyalar, innovatsiyalar, moliyaviy tizimlar va banking, onlayn sotish va sotib olish, raqamli marketing, ta’minot zanjirini boshqarish, transport xizmatlari, chakana savdo va biznesni boshlash, kengaytirish uchun xizmatlar jamlanmasidir. Unda Marketplace vakillari, FinTech, startaplar, onlayn va oflayn savdo uchun IT xizmatlar, davlat idoralari (B2G), onlayn-do‘konlar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, logistika va kurerlik xizmatlari vakillari, elektron tijorat va chakana savdoga qiziquvchilar uchrashmoqda.

[gallery-11593]

– Korxonamiz 2021 yilda tashkil etilgan va biz ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki yetkazib beruvchilarning mahsulotlarini bir vaqtning o‘zida 500 dan ortiq elektron savdo maydonchalariga chiqarib sotish uchun joylashtirish bilan shug‘ullanamiz, – deydi “Fume” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Aziz Yo‘ldoshev. – Bundan tashqari, tovarlarni saqlash, buyurtmaga ko‘ra omborlardan yig‘ish, qadoqlash va O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatamiz. bugungi forumda O‘zbekiston bozoriga qiziquvchi tojikistonlik elektron savdo bilan ishlovchi tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatdik. 2023 yilning uchinchi choragidan Qozog‘istonga eksport yo‘nalishlarini ochib, O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xorij bozorlarida sotishga ko‘maklashamiz. Kelajakda xizmatlarimizni Rossiya, Yevropa va arab davlatlarida joriy qilish ustida muzokaralar olib boryapmiz.

Ikki kunga mo‘ljallangan forumda ekspertlar ishtirokida onlayn-tijorat texnologiyalarini rivojlantirish doirasida muhokamalar, o‘quv seminarlari o‘tkazish rejalashtirilgan.  

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA