Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda DXX kubogi musobaqalari boshlandi
20:04 / 2025-04-10

Mahalla yoshlari o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida futbol va mini-fubol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalari an’anaviy tus oldi. Mazkur bellashuvlar orqali har yili mahalla yoshlari orasidan iste’dodli futbolchilar aniqlanib, qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Samarqand viloyatida ham kubok o‘yinlari ommaviy sport tadbiri sifatida mahallalar yoshlarini qamrab olmoqda va viloyat jamoalari musobaqaning respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.  

Ishtixon tumanidagi markaziy o‘yingohda Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda Samarqand viloyati hokimligi, DXX viloyat boshqarmasi va sport boshqarmasi  mas’ullari ana shu jihatlarni e’tirof etib, jamoalarga omad tiladilar.

Shundan so‘ng, kubok doirasidagi bahslarga qur’a tashlandi va ilk rasmiy uchrashuv Ishtixon tumanining Bo‘ston va Xonaqa mahallalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.  

Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha ishtirok etadi. Kubokning tuman(shahar) saralash musobaqalari aprel-may oylarida, viloyat bosqichi iyun-iyul va respublika final musobaqalari avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari