Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda chavandozlar maktabi ochildi
19:42 / 2022-12-28

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan chavandozlar maktabi tashkil etildi.

– Hozirda maktabimizda 100 nafarga yaqin yoshlar ot sportining “beshkurash”, “ot yurttirish”, “polo”, “to‘siqlardan sakrash”, “uloq-ko‘pkari” yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashmoqda, – deydi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi qoshidagi chavandozlar maktabi direktori G‘ayrat Jabborov. – Shuningdek, bo‘linmalarda xizmat otlaridan foydalangan holda mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lum qilinishicha, maktabga 16 bosh Qorabayir va Axaltekin zotli ot olib kelingan.  

G‘.HASANOV, O‘zA