Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda bu yil binosiz mahalla qolmaydi
15:47 / 2022-09-20

Viloyat hokimi E.Turdimov va viloyat, tuman, shahar sektor rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari muhokama etilgan yig‘ilishda ana shunday qarorga kelgindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon viloyatda 135 ta mahalla uchun bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda 34 ta mahalla o‘z binosiga ega emas. Lekin sentyabr oyida 20 ta, yil yakunigacha yana yigirmadan ortiq mahalla uchun bino qurilib, foydalanishga topshiriladi. 

– Yilning nomlanishi va dastur talablaridan kelib chiqib, bu boradagi ishlarni yil avvalida boshlagandik va shu paytgacha ma’lum bir natijalarga erishdik, – dedi E.Turdimov. – Lekin uchinchi chorak yakuniga yetayotgan bir paytda 34 ta mahallaning haligacha o‘z binosiga ega bo‘lmagani, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlarining bu ishga astoydil kirishmaganidan dalolat beradi. Bino uchun yer, mablag‘ masalasi hal qilib berilmoqda, bu borada muammo yuzaga kelsa yechib berishga tayyormiz. Gap rahbarlarning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, mahalla ahli boshini biriktirgan holda ishlarni o‘z vaqtida bajarishida qolmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inida ishlovchi besh kishiga sharoit qilib berilsa, hududdagi ko‘p muammolarga yechim topiladi, mahalla aholisi boradigan eshik paydo bo‘ladi. Shuning uchun 34 ta mahallaning barchasi 8 dekabrga qadar o‘z binosiga ko‘chib o‘tishi kerak.  

Eslatib o‘tamiz, viloyatda avgust oyida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga 31 mahalla binosi foydalanishga topshirilgan edi.  
 

G‘.Hasanov,  
O‘zA