Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda bolalar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi
17:50 / 2022-06-01

FOTOREPORTAJ

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Samarqandda ham munosib nishonlanmoqda.

Samarqand shahrining Alisher Navoiy va Kamol Otaturk ko‘chasida bolalar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi. Unda bayram tomoshalari, konsert dasturlari, kasb-hunar va sport ko‘rgazmalari uyushtirildi. Rasm va boshqa turli tanlovlar tashkil etilib, bolalar olam-olam quvonch ulashildi.

– Uch nafar nevaramni olib bayram sayliga chiqdim, - deydi Samarqand shahrida yashovchi onaxon Xumora Sattorova. – Ko‘rgazmalarni tomosha qilib zavqlanishdi. Sportchilarni chiqishlarini ko‘rib, ularda ham mashg‘ulotlarga borish istagi tug‘ildi. Bog‘lardagi attraksionlarda uchib, maza qilishdi. Bayramni maroqli o‘tkazishdi. Tashkilotchilardan minnatdormiz.

Shuningdek, bayram munosabati bilan viloyatdagi barcha madaniy meros ob’ektlari va muzeylari 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun bepul xizmat ko‘rsatdi.

Alisher ISROILOV (surat) O‘zA