Bugun yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarning test sinovlari boshlandi.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi beshta ochiq maydonda 5460 o‘rin tayyorlanib, kuniga ikki navbatda 10920 nafar abituriyentning imtihonda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratildi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 108 978 nafar abituriyent hujjat topshirgan va ular viloyatda test sinovlarida qatnashadi. Bugun imtihonning ilk kuni birinchi navbatda test sinovlarida qatnashishi belgilangan abituriyentlardan 503 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.

Shuningdek, ikki nafar abituriyent birovning o‘rniga kirishga uringani, bir nafari imtihonda ta’qiqlangan vositadan foydalangani sababli test sinovlaridan chetlatilgan. Viloyatda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini 17 avgust kuni yakunlash rejalashtirilgan.
G‘.HASANOV, O‘zA