Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda bir oy turistik xizmatlarga 50 foizgacha chegirma beriladi
20:10 / 2020-12-14

2020 yil 15 dekabrdan 2021 yil 15 yanvarga qadar viloyatda “Turizm oyligi” e’lon qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Oylik doirasida sayyohlik ob’ektlarida (joylashtirish vositalari, oziq-ovqat punktlari, transport) sayohatchilar uchun ixtiyoriy chegirmalar va aksiyalar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, moddiy-madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va teatrlarga, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarga tashrif buyurish uchun 50 foizgacha chegirmalar beriladi.

Istagan kishi tarixiy shaharning ulug‘vorligi va go‘zalligidan bahramand bo‘lish uchun Samarqandga tashrif buyurishi mumkin.

G‘.HASANOV, O‘zA