French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda ball boniteti past qishloq xo‘jaligi yerlarida sanoat zonalari tashkil etiladi
12:51 / 2021-04-16

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish davom etmoqda.

Yig‘ilishda viloyatda sanoat sohasini rivojlantirish masalalari haqida ham so‘z bormoqda.

– Viloyatning ishga solinmagan imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda uning o‘sish nuqtalari drayverlarini belgilash va amalga oshirishimiz zarur. Birinchi drayver – viloyatda sanoatni rivojlantirish, – dedi Prezident.

Prezident bu o‘rinda viloyat sanoat hajmida Qo‘shrabot, Nurobod kabi tumanlar ulushi pastligicha qolayotganini ta’kidlar ekan, tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari faoliyatini tanqidiy baholadi.

– Shu sababli Samarqand viloyati uchun ball boniteti past qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat zonalari tashkil etish uchun ishlatishga ruxsat beraman. Bunda joriy yil davomida 88 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilish davom etmoqda.