Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
18:03 / 2023-02-25

Bugun, 25 fevral kuni soat 11:30 da Samarqand shahar Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan, "Kamalak" MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Neksiya-3” rusumli avtomobilga siqilgan gaz (metan) quyish vaqtida gaz ballonda yorilish yuzaga kelgan.

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida shoxobchada ishlovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Z. voqea joyida vafot etgan. Boshqa hech kim jarohat olmagan. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Voqea joyiga tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.

G‘.Hasanov, O‘zA