Samarqandda avtobuslar yo‘nalishga chiqa boshladi
Keyingi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar o‘rnatildi.
Oqibatda ayni paytda aksariyati siqilgan gazga moslashtirilgan avtobuslardan iborat. Samarqand shahar jamoat transporti faoliyati deyarli to‘xtab qolgan edi. Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, vakolatli organlar bilan ko‘rilgan choralar natijasida shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi transport vositalari qisman yoqilg‘i bilan ta’minlandi va bugun – 16 yanvardan Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslarning 30 foizi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi.

Viloyat transport boshqarmasi yo‘nalishsiz taksi haydovchilarini yo‘l kira narxini oshirmaslik va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga chaqirdi.
G‘.HASANOV,
O‘zA