Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Amerikaga yuborish uchun 40 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi (+video)
16:29 / 2023-03-03

Samarqand shahrida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning turmush o‘rtog‘ini o‘zining tanishlari yordamida dastavval Yevropaga, so‘ngra Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, evaziga 40 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E8qoYbSG4ts" title="Samarqandda Amerikaga yuborish uchun 40 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u avval ham mo‘maygina pul evaziga bir nechta fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zA