Samarqandda 9 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2055 nafarga yetdi
Samarqand viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Samarqand viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (3 nafari Toyloq tumanidan, yana 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 2 nafari Payariq tumanidan va 1 nafari Samarqand shahridan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan boʻlsa,ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sogʻaydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2055 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi