Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 5 sotix yer uchun 100 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
09:19 / 2022-05-30

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda noqonuniy yer sotish holatining oldi olindi.

Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. shu tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming AQSH dollari talab qilib, so‘ralgan pulning 70 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. 

Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA