Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 5 kilogramga yaqin giyohvandlik moddasi savdosi oldi olindi
12:55 / 2022-05-01

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida Urgut tumanida narkotrafikka qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tumanda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan S.S. mahalliy fuqaroga 6,76 gramm geroin giyohvandlik moddasini 600 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tadbir davom ettirilib, S.S.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda  u yerdan 957,53 gramm geroin,  2 kilogramm 614,51 gramm opiy, 285,6 gramm gashish va 758,5 gramm marixuana giyohvandlik vositalari olib qo‘yildi.

Shuningdek, S.S.ning jinoiy sherigi, Urgut tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan X.A. yashash manzilida 2,84 gramm opiy giyohvandlik moddasi saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, jami 4 kilogramm 628 gramm giyohvandlik vositalari tarqalishiga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zA.