Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 490 kishiga qidiruv e’lon qilingan
09:49 / 2022-08-16

Majburiy ijro byurosi Camarqand viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 393 nafar shaxslar topilib, davlat ijrochilariga topshirilgan va ularning tegishli javobgarlik masalasi hal etilgan.

– 97 nafar qidiruvdagi qarzdor jismoniy shaxslarning 38 nafari chet davlatlarga ishlash maqsadida chiqib ketgani aniqlandi, – deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektori P.Qodirov. – Qolgan 59 nafar qarzdorni topish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, qidiruv e’lon qilingan avtotransport vositalari soni 162 tani tashkil etib, shu paytgacha 129 tasi topildi. Qolgan 33 ta qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalarini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

G‘.Hasanov,

O‘zA