Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 4,5 milliard so‘mni “yeb” yuborgan quruvchi va buyurtmachiga jinoyat ishi ochildi
08:32 / 2025-05-22

Samarqand shahrida 200 o‘rinli tug‘ruqxona binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi – “Ya.B.X.” DUK bilan pudratchi – “O.A.H” MCHJ o‘rtasida tuzilgan 31,1 milliard so‘mlik bajarilgan ishlar nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda jamiyat va buyurtmachi korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, go‘yoki qurilish ishlari to‘liq bajarilganligi haqida 2025 yil 10 fevralda soxta hisob-varaq faktura rasmiylashtirib, bajarilmagan 4,5 milliard so‘mlik ishlarni qo‘shib yozib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlatning, xalqning puli hisobsiz deb o‘ylab, jinoyat jazosiz qolmasligini unutib qo‘ygan bu shaxslarga jamiyatda qonun ustuvor, jazo muqarrarligi eslatib qo‘yiladigan bo‘ldi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri