Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 29 million so‘mlik pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi
16:24 / 2022-11-28

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs shartli xaridorga 8 turdagi 27046 dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holatda olib qo‘yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 29 million so‘mni tashkil qilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA