Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 107 nafar qarzdor ota aliment to‘lamagani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi
17:48 / 2022-01-06

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan aliment to‘lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish yuzasidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu va boshqa ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda MIBning viloyatdagi tuman va shahar bo‘limlari ish yurituvida aliment undiruvi bilan bog‘liq 32 ming 391 ta ijro hujjati mavjud.  

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 1 martdagi farmoni asosida voyaga yetmaganlarning aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi natijasida ushbu ishlar bo‘yicha 24 ming 662 nafar undiruvchi nomiga shaxsiy bank plastik kartalari ochish bo‘yicha elektron so‘rovnomalar yuborilgan. Yil yakuniga qadar 21 ming 200 ta plastik karta ochilib, egalariga yetkazilgan.  

– 2021 yil davomida aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment to‘lovchi qarzdorlardan 53,1 milliard so‘mdan ortiq aliment pullari undirib berildi, – deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim inspektori Maxsud Mamasoliyev. – Mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 6169 ta oila yarashtirildi. Ishsiz, yordamga muhtoj, og‘ir ahvolga tushib qolgan aliment to‘lovchi qarzdorlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari, bandlik va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ularning 4914 nafari ishga joylashtirilib, aliment undiruvlari ularning ish haqlarining ma’lum miqdoriga qaratildi. Shu bilan bir qatorda, aliment to‘lovlarini to‘lashdan muntazam bo‘yin tovlab kelgan jami 747 nafar qarzdorlar tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka, 107 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortildi. 

 

G‘.HASANOV, O‘zA