Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 10 nafar bemor tuzaldi, viloyatda jami sogʻayganlar 80 nafarga yetdi
12:49 / 2020-05-10

Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.


Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) boʻlib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozogʻiston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 70 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 80 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1856 nafarga yetdi.