Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 1 kilogramm “gashish” hamda yarim kilogrammga yaqin “opiy” giyohvandlik moddalarini olib kelayotgan ayol qo‘lga olindi
18:51 / 2022-02-16

2022 yilning 15 fevral kuni Samarqand shahar ichki ishlar idoralari xodimlari shaharning G‘ijduvon ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.S.ning yashash xonadonida tintuv tergov harakatlarini o‘tkazayotgan vaqtida, uning turmush o‘rtog‘i – 1988 yilda tug‘ilgan A.R. ko‘chadan uyga kirayotganda qo‘lidagi yelim paketga o‘ralgan narsani yerga tashlab, shubhali tarzda qochayotgan vaqtda ushlangan.

Ushbu paket xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ichida og‘irligi taxminan 1 kilogramm “gashish” hamda 450 gramm “opiy” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu kuni viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarkand tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtamg‘ali mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan L.K. ismli shaxs fuqaro T.ga 10 dona gugurt qutisiga solingan marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida ushbu fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 84 dona gugurt quti, 2 dona 3 litrlik, 2 dona 2 litrlik, 5 dona 1 litrlik va 4 dona 0,5 litrlik banka, 10 dona polietilen paket hamda 4 dona qutigaga solingan giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi va giyohvandlik moddalarining turi va miqdorini aniqlash maqsadida ekspert-kriminalistika bo‘limiga topshirilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA