Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand yana bir yirik anjumanga mezbonlik qiladi
13:40 / 2025-11-20

Joriy yil 24 noyabr kuni Samarqand shahrida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) ishtirokchilari 20-konferensiyasi boshlanadi.

5 dekabrga qadar davom etadigan ushbu yirik anjuman dunyoning turli davlatlaridan xalqaro tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik va ekologik tuzilmalar vakillarini birlashtiradi.

Ikki hafta davomida ishtirokchilar keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi. Jumladan, umumiy strategik va moliyaviy mavzular ko‘tariladi, CITES rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan turlar savdosini tartibga solish bo‘yicha aniq yechimlar izlanadi.

Konvensiyani amalga oshirishni takomillashtirish, yovvoyi tabiat noqonuniy savdosiga qarshi kurashish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi, turlar holatiga ta’sir qiluvchi yangi ilmiy ma’lumotlar taqdim etiladi.

G.Sattorova, O‘zA