Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni tashish 2023 yilning birinchi yarmida ikki baravar ko‘paydi
18:03 / 2023-08-08

“AIR MARAKANDA” kompaniyasi axborot xizmatining xabar qilishicha, 2023 yilning birinchi yarmida Samarqand xalqaro aeroporti 439 664 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foiz yoki 241 080 yo‘lovchiga ko‘p deganidir.

2022 yilda esa Samarqand xalqaro aeroporti 493 417 kishiga xizmat ko‘rsatgan va bu 2019 yilga nisbatan 2,6 foizni tashkil etgan.  

Yo‘lovchi tashish oqimining ko‘payishi amalda faoliyat yuritayotgan tashuvchilarning parvozlari sonining ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq. Bunga yangi hamkorlarni jalb qilish ham yordam bermoqda. Xususan, joriy yilda Samarqand aeroportidan 2 ta xorijiy “Jazeera Airways” va “Pobeda” aviakompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1 ta yangi hududiy  – “Silk Avia” aviakompaniyasi reyslarini yo‘lga qo‘ydi.  

Bugungi kunda “Silk Avia” Samarqand xalqaro aeroportiga Toshkentdan (haftasiga 5 marotaba) va Buxorodan (haftasiga 1 marotaba) reyslarini amalga oshirmoqda.  

Yo‘lovchi tashish oqimi o‘sishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, asosiy e’tibor xalqaro yo‘nalishlarga qaratilgan. 2023 yilning birinchi yarmida eng ko‘p reyslar Samarqanddan Moskvaga, Sankt-Peterburgga, Istambulga, Dubayga va Abu-Dabiga parvozlar amalga oshirilgan. Ushbu reyslarda jami 393 689 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Birinchi yarim yillikda mahalliy aviakompaniyalarda yo‘lovchi tashish hajmi 45 975 yo‘lovchini (+169,7%) tashkil etdi va Toshkent esa eng ko‘p so‘raladigan mahalliy manzilga aylandi.  

O‘z navbatida, O‘zbekistonning milliy aviakompaniyasi – “Uzbekistan Airways” 27 foiz ulush bilan Samarqand aeroportiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha yetakchi mavqeini saqlab qoldi va bu 120 492 yo‘lovchini tashkil etdi. Parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida 2023 yil boshidan buyon Samarqand xalqaro aeroporti Samarqanddan 6 ta ichki va 18 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi.  

Ma’lumot o‘rnida, “AIR MARAKANDA” – davlat-xususiy sherikchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatida birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini yer-ustida xizmat ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniyasidir.  

N. Ziyodullayeva, O‘zA