English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand xalqaro aeroporti yo‘lovchilar oqimi o‘sishi bo‘yicha Yevropaning TOP-5 aeroporti qatoriga kirdi
15:24 / 2023-12-28

Xalqaro aeroportlar kengashining Yevropa bo‘limi reytingida yo‘lovchilar qatnovining o‘sish sur’atlari bo‘yicha Yevropaning TOP-5 taligiga Samarqand xalqaro aeroporti kirdi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti axborot xizmati ma’lum qildi.

Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida Samarqand aeroporti yiliga 100 000 dan 1 milliongacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 2019 yilning oktyabr oyiga nisbatan 139  foizni tashkil etgan va 4-o‘rinni egallagan.  10 oylik faoliyatning natijasiga asosan 2019 yilning xuddi shu davrigacha yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 103,7 foizga o‘sib, aeroport 3-o‘ringa ko‘tarildi.    

Hozirgi kunda aeroportning marshrut tarmog‘i kengayishda davom etmoqda. Joriy yilning boshidan buyon Samarqanddan 7 ta ichki va 20 ta xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirildi. Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Ufa, Samara va Urganchga ilk parvozlar yo‘lga qo‘yildi.    

   

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA