Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarqand xalqaro aeroporti” matbuot anjumanidan jurnalist va blogerlar chiqib ketdi
17:57 / 2021-03-17

2021 yilning 12 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda 1200 AQSH dollariga bilet olgan bo‘lsa-da, Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik aerovokzalidan Rossiyaga ucholmagan fuqarolar haqida xabar va videolavhalar tarqalgandi.

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati Rossiya Federatsiyasiga tegishli “Aeroflot” aviakompaniyasining “Sheremetevo-Samarqand-Sheremetevo” yo‘nalishidagi maxsus (charter) reysning qaytishiga fuqarolarning qo‘yilmagani oqibatida kelib chiqqan norozilikka nisbatan rasmiy munosabat bildirdi. Biroq mazkur voqelik yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar davom etayotgani bois, 17 mart kuni soat 15.00 da Samarqand xalqaro aeroportida matbuot anjumani tashkil etilishi xabari berildi.  

Matbuot anjumanida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va “Aeroflot” (Rossiya) aviakompaniyasining mutasaddilari ishtirok etishi va savollarga javob qaytarishi rejalashtirilgani aytilgandi.  

Aytilgan vaqtda Samarqand xalqaro aeroportida matbuot anjumani tashkil etildi, jurnalist va blogerlar bordi.

Tadbirda “Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ rahbari o‘rinbosarlari aeroportning vazifa va funksiyalari haqidagina ma’lumot berdi. Ammo anjumanda “Aeroflot” aviakompaniyasidan vakillar ishtirok etmadi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan jurnalist va blogerlarning savollari javobsiz qoldi. Oqibatda ular bunday matbuot anjumanini tark etib qo‘ya qolishdi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA.